"Bu men uchun juda katta ahamiyatga ega. Sovrinni qo‘lga kiritganimdan faxrlanaman. Messi va Ronaldu boshqa saviyadagi futbolchilar. Ular juda ko‘p sovrinlar yutgan. Bunday futbolchilarni ortda qoldirib, sovringa ega chiqqanimdan faxrlanaman", - deya Benzemaning so‘zlarini keltirmoqda Marca.
Eslatib o‘tamiz, 2009 yildan buyon Ispaniyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrini faqat ikki hujumchi - Lionel Messi va Krishtianu Ronalduga nasib qilayotgandi. Bu safar sovrin ular emas, Benzemaga nasib etdi.
Ma’lumot uchun, "Real Madrid" o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra 87 ochko jamg‘arib, "Barselona"ni 5 ochkoga ortda qoldirgan holda La Liga chempioniga aylangandi.
Benzema so‘nggi mavsumda chempionatda 37 o‘yinda maydonga tushib, 21ta gol va 8ta assistga mualliflik qilgan.
Manba: www.tribuna.com



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.