2020 yilning kuz oyida Pro-Liga 20-turi doirasida kechgan "Neftchi" - "Turon" uchrashuvidan (0:1) keyin yuzaga kelgan tartibsizlik buning yaqqol misoli bo‘la oladi.
O‘shanda "Neftchi" futbolchisi Jamshid To‘raqulov qiziqqonligi sabab hakamga zarba bergan va qaysidir ma’noda butun umrga futboldan chetlatildi.
Karim Benzema (865 o‘yin)

"Real Madrid"ning fransiyalik hujumchisi ikkinchi yoshlik davrini boshdan kechirmoqda. 2021 yilda Karim nihoyat o‘zini "Real Madrid"ning asosiy yulduzi sifatida ko‘rsatdi. Qolversa, milliy terma jamoasiga Millatlar ligasida g‘olib chiqishga yordam berdi. Yil oxirida Benzema "Oltin to‘p" va FIFAning "Eng yaxshi futbolchisi" mukofoti uchun ovoz berishda to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Fransiyalik futbolchi 2004 yilda kattalar safida debyut qilgan va shundan beri 865 ta o‘yinda maydonga tushgan. Ammo Karim birorta ham qizil kartochkaga loyiq o‘yin ko‘rsatmagan. Shuningdek, 16 marta sariq kartochka olgan. Juda ta’sirli raqamlar, shunday emasmi?
Raul Gonsales (1071 o‘yin)

Raul "Real Madrid" va Ispaniya tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri. Gonsales faoliyati davomida 1071 ta o‘yin o‘tkazgan va ularning birortasida ham hakam futbolchini maydondan chetlatmagan. U keskin vaziyatlarda ham donolik va xushmuomalalik bilan harakat qilgan. Uning intizomi qolgan futbolchilar uchun haqiqiy na’muna edi. Ha, u raqibning asabiga tekkan boʻlishi mumkin, lekin uning o‘zi hech qachon raqibiga, hamda hakamga qo‘pol munosabatda bo‘lmagan.
"STD" — nashri asosida www.halamadrid.uz uchun maxsus!



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.