-

Marselo va "Volkswagen Beetle" tarixi

 Marselo bolaligida ancha qiyinchiliklarni boshdan o'tkazgan.

Uning ota-onasi arzimagan maoshga tinim bilmay kun bo'yi ishlardi. Onasi o'qituvchi edi, biroq qo'shimcha daromad topish maqsadida kafe va magazinlarda farrosh bo'lib ham ishlagan. Otasi esa o't o'chiruvchi bo'lgan.

Marselo umrining ushbu davrini quyidagicha xotirlaydi: "Otam o't o'chiruvchilar kiyimlarini menga ko'p ko'rsatardi. Avvaliga men ham ushbu kasb egasi bo'lishni istaganman. Lekin ular qancha maosh olishi va bu soha qanchalik xavfli ekanini tushunib etganimda fikrimdan qaytdim. Yani bundan ortig'iga erishishni xohlayotganimni tushundim.

O'sha vaqtlar hayotimdagi eng og'ir davr bo'lgan desam yanglishmayman. Ota-onamni deyarli ko'rmasdim, tarbiyam bilan bobom va buvim shug'illanishgan. Buvim darslarimni tayyorlashda yordam berar, bobom bazi uy ishlarini o'rgatardilar. Bu men uchun eng foydali dars bo'lgan".

Marselo va "Volkswagen Beetle" tarixi

Marselo 9 yoshidan futzal bilan shug'ullangan. U har kuni mashg'ulotlarga qatnashishi uchun Rioning bir burchagidan boshqa bir burchagiga etib borishi kerak edi. Ammo bolakay avtobusda borishi uchun ota-onasining bunga imkoniyati yo'q edi. SHuning uchun, bobosi eski Volkswagen Beetle mashinasida nabirasini stadionga olib borib qo'yardi.

Marselo bu haqida shunday deydi: "Bu unutilmas xotiralarimdan biri — o'sha davr shu mashina bilan chambarchas bog'liq. Bobom aynan o'sha mashinada menga haydashni o'rgatgan, mashg'ulotga olib borib qo'ygan. Yodimda, mashina juda ham eski edi..."

Marseloga bu xotira juda qadrli ekanidan o'ng qo'liga o'sha mashinaning suratini tushirgan ekan.



"CHo'ntagimda bir tanga ham yo'q edi. Lekin aynan o'shanda bir narsani tushunib etgandim: har bir lahzaning qadriga etish va hayotdan zavqlanib yashash lozim, hattoki hech narsangiz bo'lmasa ham. Bu fikrim menga aynan "Real" safida katta dalda beradi. Bu xotira o'tmishim qanday bo'lganini, har bir narsaning qadriga etish zarurligini yodimga solib turadi".



 "CA" - nashridan Nozima Zaripova tarjimasi  www.hala-madrid.uz uchun maxsus tayyorlandi.


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.