-

"Real"ning "Osasuna"ga qarshi qaydnomasi ma’lum bo‘ldi (+foto)

Ispaniya chempionatining 18-turi doirasida «Real» safarda "Osasuna" klubi mehmoni bo‘ladi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 9-yanvardan 10-yanvarga o‘tar kechasi soat 01:00da boshlanadi.

Madridliklar himoyachisi Daniyel Karvaxal diskvalifikasiya tufayli ertangi bahsni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, jarohat olib uzoq vaqtga safdan chiqqan Rodrigodan boshqa barcha o‘yinchilar kengaytirilgan tarkibdan o‘rin olishdi.

"Real"ning "Osasuna"ga qarshi qaydnomasi ma’lum bo‘ldi (+foto)

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Diyego Altube;

Himoyachilar: Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho, Marselo, Alvaro Odriosola, Ferlan Mendi;

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Martin Edegor, Isko;

Hujumchilar: Eden Azar, Karim Benzema, Marko Asensio, Lukas Vaskes, Luka Yovich, Vinisius Junior, Mariano Dias.

Manba: www.halamadrid.uz


2 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.