-

Tirik afsona o‘z klubida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi haqida

Hozirgi futbolda futbolchilar tez-tez klublarini almashtiradilar.

Hamma yaxshi sharoit, yaxshigina maosh va sovrinlar yutish imkoniyati bo‘lgan joyni qidiradi. Lekin shunday futbolchilar borki, nima bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘z klublarida ko‘p yillar davomida o‘ynaydi. Bu, albatta, hurmatga loyiqdir. Keling bir klubda aniqrogʻi "Real Madrid" vaqtdan beri faoliyat yuritayotgan Braziliyalik futbolchi Marselo haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Marselo ("Real Madrid", 539 o‘yin)
Tirik afsona o‘z klubida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi haqida

"Qirollik klubi"ning yuqori talablarini inobatga olsak, "Real"da ko‘p yillarni o‘tkazish qiyin. Ammo Marselo shunday qildi. Braziliyalik "qaymoqranglilar"ga 2007 yilning qishida "Fluminense"dan 6,5 million yevro evaziga o‘tgan edi. Bu vaqt ichida futbolchi "Blankos" bilan birgalikda 5 karra Ispaniya chempioni, 2 karra Qirol kubogi, 5 karra Ispaniya Superkubogi, 4 marta Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, 3 marta UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi.

33 yoshli himoyachiga so‘nggi paytlarda "Real" murabbiylari orasida katta talab bo‘lmayapti. Ammo "Santyago Bernabeu"da uni sevishadi va hurmat qilishadi, buni muxlislarning munosabatidan ham bilish mumkin. Himoyachi mavsum yakunida "qaymoqranglilar"ni tark etishi ehtimoldan xoli emas. Ammo uning Yevropada qolishi dargumon. Ispaniyada jurnalistlar braziliyalik o‘z uyiga aylangan klubga qarshi o‘ynashni istamasligini yozishmoqda.

www.halamadrid.uz — uchun maxsus!


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.