-

"Real"ning kelgusi mavsum uchun rejalari aniq bo'ldi

"Real Madrid"ning kelgusi mavsum uchun rejalari aniq, bu haqida "Marca" nashri xabar bermoqda. 

Yuqoridagi nashirning yozishicha, kelgusi mavsumda faqatgina darvozabon Andriy Lunin asosiy jamoa tarkibiga kelib qo'shiladi va Areolaning o'rnini egallaydi.

Ma'lumot uchun, Ukrainalik darvozabon o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Segunda"da ishtirokchisi "Real Oviedo" safida o'tkazgan edi.

Achraf Xakimi sotib yuborilgan bo'lsa, Edegor va Sebalos ijaraga olingan klublarda qolishadi. Hozircha Kubo va Rener uchun nomzod klublar o'rganib chiqilmoqda.

"Qirollik klubi" rahbariyati ijara asosida "Real Sosedad" sharafini himoya qilayotgan yosh iqtidorli futbolchilaridan biri Martin Edegorni ikkinchi mavsumda ham "Real Sosedad"da qolib, rivojlanishni davom ettirishni afzal ko'rmoqda, Dani Sebalos (Zidan bilan munosabatlari yomonligi sabab uning qaytib kelish dargumon) Premer-ligada qolishga qaror qildi. U "Arsenal" sharafini yana bir yil himoya qiladi.

Manba: www.as.com


2 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.