
Iyul oyining o'tgan ikki haftasida 1000 nafar bolalar Madrid va dunyoning turli nuqlaridan kelib "Real Madrid" futbol va basketbol lagerlariga joylashdi.
"Real Madrid" fondi koronavirus pandemiyasi natijasida klub akademiyalarining saviyasi pasayishni oldini olish maqsadida, akademiyalar faoliyatini qayta tiklashga qaror qilishdi. Bu borada La Liga chempionlari kam sonli klublardan biri bo'lib turibdi. Ammo bu oson kechgani yo'q, murabbiylar, bolalar va ularning ota-onalar bunday loyihada ishtirok etishlari uchun jiddiy sog'liq protokollarini tayyorlash talab qilindi, bu uchun esa bir necha oy kerak bo'ldi.

Sport va ta'limni ochiq havoda birlashtiradigan maksimal sifatli o'quv lageri taklifi nafaqat Madrid markazida, balki qo'shni shaharlar Alcorcon, Villaviciosa de Odon, Gvadalaxara, Sotogrande, Aviles va hatto Xitoyda taklif qilindi.
"To'g'ri, bu loyihamiz ba'zi joylar ochishni imkoni bo'lmadi, ammo biz Guadalaxara shahridagi lagerlar uchun alternativalarni taqdim eta oldik, bundan juda ham mamnunmiz.
Bundan tashqari 200 nafar bola olib kelgan ikkita basketbol lagerida, biz qabul qilgan bolalar soni, iyul oyining dastlabki ikki haftasidan so'ng, 1000 nafar o'quvchiga yetdi. Bu bizning oldingi yillardagi ko'rsatkichlarimizdan ancha pastroq, bunga esa chet ellik talabalar kela olmaganligi asosiy sabab deyishimiz mumkin.
Bizda 40ga yaqin turli millat bolalari va ularning ota-onalari yig'ilishgan, ular osongina bizning sog'liqni saqlash protokolimiz yordamida dam olishlari mumkin", - dedi "Real Madrid Campus Experience" direktori Xoakin Sanches.
Jamg'arma taklif qiladigan paketlar narxlari juda ham raqobatbardosh va o'z mijozlarining xavfsizligini, xususan, "COVID-19"dan himoyalashni o'z ichiga oladi. Garchi Guadalaxaradagi lager kabi ba'zi lagerlar, masalan "La Caixa" va ba'zi mahalliy lagerlar kengash tomonidan ochilishi taqiqlangan bo'lsada, bu yerda ham kambag'al oiladagi talabalarni qamrab olishga muvaffaq bo'lindi.
Manba: www.marca.com



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.