-

"Real Madrid" fantastik rekordni o'rnatdi

Madridning "Real" klubi CHempionlar ligasi 5-turida Moldovaning "SHerif" klubini yirik hisobda engdi (3:0).

"Qaymoqranglilar" bu g'alabadan keyin umumiy 12 ochko jamg'arib, 1/8 final yo'llanmasini naq qilishdi.

Karlo Anchelotti shogirdlari so'nggi turda "Inter" bilan birinchi o'rin uchun talashadi.

Malumotlarga ko'ra, madridliklar ketma-ket 19-mavsumda pley-offga yo'l olishdi va bu boradagi rekordni yangilashdi.

Eslatib o'tamiz, "Real" CHempionlar ligasida zafar quchish bo'yicha rekordchi hisoblanadi. Jamoa hisobida 13 ta kubok bor.

Manba: CA


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.