-

Ramos Raul va Xentoning rekordini takrorladi

"Real Madrid" himoyachisi Serxio Ramos La Liganing 7-turidan o‘rin olgan "Barselona"ga (3:1) qarshi bahsda maydonga tushdi va penaltidan gol urdi.

La Liganing "Tvitter"dagi sahifasi yozishicha, bu bahs 34 yoshli himoyachi uchun 31-klasiko bo‘ldi va u "Real Madrid" safida "Barselona" bilan eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan Raul va Xentoga yetib oldi.

Agar himoyachi Keyingi klasikoda ham o‘ynasa, bu ko‘rsatkich borasida mutlaq rekordchiga aylanadi.

Manba: www.tribuna.com


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.