Reytingni "Real" yarim himoyachisi Eden Azar egalladi. 29 yoshli futbolchining narxi bir yil davomida 60 million yevroga "tashladi". Hozirda belgiyalik o‘yinchining narxi 60 mln. yevroga teng.
Ikkinchi o‘rinda esa "Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksen qayd etildi. Daniyalik futbolchi 55 mln. yevroga arzonlashdi.
Uchinchi pog‘onani "Tottenxem"da o‘yin amaliyotisiz qolayotgan Dele Alli egalladi: minus 52 mln. yevro.
Shuningdek, transfer narxi pastlagan futbolchilarning top-10ligadan Rahim Sterling, Lionel Messi, Antuan Grizmann, Pol Pogba kabi o‘yinchilar ham o‘rin olishdi.
2020 yilda narxi eng ko‘p pastlagan futbolchilar (top-10):
1. E. Azar («Real»): -60 mln; 60 mln
2. K. Eriksen («Inter»): -55 mln; 35 mln
3. D. Alli («Tottenxem»): -52 mln; 38 mln
4. R. Sterling («Man Siti»): -50 mln; 110 mln
5. K. Arrisabalaga («Chelsi»): -45 mln; 15 mln
6. L. Messi («Barsa»): -40 mln; 100 mln
7. A. Grizmann («Barsa»): -40 mln; 80 mln
8. N. Kante («Chelsi»): -40 mln; 60 mln
9. P. Pogba («MYU»): -35 mln; 65 mln
10. A. Lyakazett («Arsenal»): -35 mln; 35 mln
Manba: www.transfermerkt.de



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.