-

Benzema so'nggi 50 yil ichida ushbu natijani qayd etgan “Real” tarixidagi 3-futbolchi

“Real” hujumchisi Karim Benzema La Liga doirasida “Alaves”ga qarshi o‘yinda (3:0) penaltini aniq amalga oshirdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

63-daqiqada fransuz Marko Asensioga, 80-daqiqada esa Vinisius Juniorga assistentlik qildi. Qo‘shib berilgan vaqtdayoq u 11 metrlik nuqtadan aniq zarba berib, o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi.

Hozirda 34 yoshli hujumchi madridliklar safida La Ligada 210 ta gol va 91 ta golli uzatmani, jami “gol-pas” tizimi bo‘yicha 301 ochko jamg‘ardi.

So‘nggi 50 yil ichida “Real”ning atigi uchta futbolchisi bu ko‘rsatkichga erishgan - Raul (228+83) va Krishtianu Ronaldu (311+88).

Manba: www.tribuna.com


4 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.