-

"Valensiya" sardori transferga qo'yildi. U faqat 5 ta jamoaga o'tishi mumkin: "Real", "Barsa", "Atletiko"...

"Valensiya" etakchisi Daniel Parexo transferga qo'yildi.

"Ko'rshapalaklar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan 31 yoshli futbolchi jamoa rahbariyati oldiga shart qo'ygan. U faqat "Real", "Barselona", "Atletiko", "Vilyarreal" va "Sevilya" klublaridan biriga o'tishi mumkin. Bundan tashqari, Parexo yangi jamoasida ham yiliga 3 mln evro maosh olishni istayapti. 

Uning ehtimoliy transfer qiymati 10 million evroni tashkil qilishi kutilmoqda. Transfermarkt portalida ispaniyalik yarim himoyachi 28 million evroga baholangan.

"Valensiya" sardori transferga qo'yildi. U faqat 5 ta jamoaga o'tishi mumkin: "Real", "Barsa", "Atletiko"...

"Valensiya" Parexoni moliyaviy muammolar sababli transferga qo'ygan. Klub rahbariyati futbolchi va xodimlarga to'lanadigan ish haqi miqdorini kamaytirmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Parexo "Valensiya"ga 2011 yilda "Xetafe"dan kelib qo'shilgandi. U 2003-2009 yillarda Madridning "Real" klubi tizimining vakili bo'lgan.

Manba: CA


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.