-

"Real"dan "Manchester Yunayted" yo'q javobini oldi

 “Manchester Yunayted” rahbariyati “Real”da o‘rnini topa olmayotgan Serxio Regilonni sotib olish orqali himoyadagi muammolarni bir necha yilga yopmoqchi edi.

Shu maqsadda manchesterliklar bu futbolchi uchun talab qilinayotgan 27 million funtni to‘lashga ham rozilik bergandi.

Kutilmaganda madridliklar transfer siyosatini o‘zgartirdi. Yozgi transferlar mavsumida yigirmaga yaqin futbolchisini sotuvga qo‘ygan “Real” rahbariyati ushbu ro‘yxatda bo‘lgan Regilonni sotishdan bosh tortmoqda.

Endi “Manchester Yunayted” Regilonni faqatgina bir mavsumga, shunda ham sotib olish huquqisiz ijaraga olishi mumkin.

Serxio Regilonning o‘zi yakunlangan mavsumda Evropa Ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritib, yangi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan “Sevilya” safiga qaytishni istamoqda.

Manba: www.sport.es


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.