"Tottenxem" vakili Son Xyon Min Madridning "Real" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.
Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Zinedin Zidan koreyalik futbolchini o'z jamoasida ko'rmoqchi.

2020/2021 yilgi futbol mavsumida 23 o'yin o'tkazgan Son 14 ta gol urib, 7 marta assistga erishgan.
Nufuzli "Transfermarkt" portali 28 yoshli futbolchini 90 million evroga baholamoqda.
Manba: CA



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.