-

Ramos "Real"dan ikki xil shartnoma taklifini oldi

Madridning "Real" klubi sardori Serxio Ramosning mavsum oxirida shartnomasi yakunlanadi. 

"El Chiringuito" — nashrining berayotgan ma’lumotiga qaraganda, "Real Madrid" Ramosga ikki xil shartnoma taklif qilmoqda. 

Birinchi variantida - futbolchining maoshi hozirgidek qoladi, ammo shartnoma muddati bir yil. 

Ikkinchi variant esa -shartnoma ikki yillik bo‘ladi, lekin hozirgi maosh 10 foizga qisqaradi.

Serxio Ramos "Real Madrid" tarkibida 2005 yildan beri o‘ynab kelmoqda. U "Sevilya" klubidan "Qirollik klubi" safiga ko‘chib o‘tgan va shu kungacha 666 ta uchrashuvda maydonga tushib, 100 ta gol kiritdi va 40 ta golga assistentlik qildi.

Manba:
www.marca.com


1 1

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.