-

"Real"ning sobiq futbolchisi: "Keyn "Tottenxem"da Messi, Ronaldu darajasiga chiqa olmaydi"

O‘tmishdagi mashhur futbolchilaridan biri, "Tottenxem" va "Real Madrid"ning sobiq futbolchisi Jonatan Vudgeyt Xarri Keynning kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Agar "Real" Xarri Keynga taklif bilan chiqadigan bo‘lsa, u holda angliyalik hujumchi ikkilanib o‘tirmasdan ketishi kerak. Agar u sovrin yutishni xohlasa va Lionel Messi hamda Krishtianu Ronaldular darajasiga ko‘tarilishni istasa, u holda Madridga ketishi kerak.

"Tottenxem" qanday qilib APLda g‘olib chiqishini ko‘rmayapman - na bu mavsumda, na kelayotgan mavsumlarda. Ular "Liverpul" va "Manchester Siti"lar saviyasiga chiqish uchun kam ishlarni amalga oshirishdi. "Real"da Keyn uchun nafaqat La Ligani, balki, ECHLni yutish uchun ham imkoniyat bo‘ladi", - dedi Vudveyg Stadium Astro bilan suhbatda.

Manba: www.std.uz


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.