-

Kutilgan xabar. "Real" Alaba bilan shaxsiy kelishuvga erishdi!

"Bavariya" himoyachisi David Alaba katta ehtimol bilan faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

Ispaniya matbuotining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Alaba uchun kurashda Madridning "Real" klubi yetakchilik qildi. 

"Qaymoqranglilar" va avstriyalik futbolchining agenti o‘rtasidagi muzokara yakuniy bosqichda turibdi, hujjatlarni rasmiylashtirib qo‘yilsa, tamom, Alaba - "Real Madrid" futbolchisi!

Alaba "Real Madrid"ga yozda erkin agent sifatida ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. David beshta turli xil klublardan taklif olgandi, biroq u har doim "Real Madrid" tarkibida o‘ynashni orzu qilgan.

Manba: www.stadion.uz


1 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.