-

Drente "Real" bilan shartnoma imzoladi, oldinroq bu klubga Leskott o'tgan edi

Madridning "Real" klubi sobiq yarim himoyachisi Royston Drente faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

Niderlandiyalik futbolchi Segunda B (3-divizion) klubi "Real Mursiya" bilan shartnoma imzoladi. Oldinroq bu klubga Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Joleon Leskott ham o'tgandi.

33 yoshli Drente so'nggi yillarni Niderlandiya klublarida o'tkazdi.

"Real Mursiya" hozircha jadvalda birinchi o'rinda bormoqda.

Manba: CA


1 1

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.