OAVda "Real Madrid" rahbariyati qimmat transferlarni amalga oshirish uchun mablag' sarflamasligini e'lon qilgan bo'lsa-da, klub prezidenti Florentino Peres boshqacha yo'l tutishga qaror qildi. Jamoa hujumchisi Mariano Dias va vinger Lukas Vaskesni Londonga jo'natib, ularning o'rniga 31 yoshli gabonlik hujumchini olib kelmoqchi.
"Real Madrid" mutasaddilari Obemayang sovrinlar uchun kurashadigan jamoaga o'tish uchun "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirmasligiga, "kanonirlar" esa uning o'rniga ikkita futbolchini olish taklifiga ko'nishiga ishonishmoqda.
Manba: www.sport.es



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.