-

Marca. Kubo "Real" safida o'ynash uchun Yaponiya pasportidan voz kechishi kerakmi?

La Liga jamoalariga har mavsumda faqat uchta Evropa Ittifoqiga a'zo bo'lmagan futbolchilarni o'z jamoalarida ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat beriladi.

"Marca" - nashrining xabariga ko'ra, Takefusa Kubo "Real Madrid" jamoasining asosiy tarkibidan o'rin egallash uchun Yaponiya pasportidan mahrum bo'lishi mumkin.

Janubiy Amerika yulduzlari osonlik bilan Evropa fuqaroligiga murojaat qilishlari mumkin, ammo Yaponiya qonunlari odatda ikki fuqarolikka ruxsat bermaydi.

Natijada, u "Real"ning asosiy jamoasida yutuqlarga erishishi mumkin bo'lsa-da, klub unga qimmatbaho joylardan birini bermasligini mumkin.

Qarorni Kubo qabul qiladi, ammo agar u Yaponiya fuqaroligidan voz kechmoqchi bo'lsa, unga milliy terma jamoada o'ynashga ruxsat berilmasligi yoki berilishi hozircha noma'lum.

Manba: www.tribuna.com


2 1

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.