Oldinroq ispaniyalik futbolchi "Pari Sen-Jermen" bilan shartnoma imzolashi mumkinligi malum bo'lgan edi.
Ramosning sobiq jamoadoshlari — darvozabon Keylor Navas va yarim himoyachi Anxel Di Mariya, shuningdek, bir nechta ispaniyaliklar PSJ sharafini himoya qilishadi.
SHu o'rinda alohida aytish kerak, Serxioga klub murabbiyi Maurisio Pochettinoning ispan tilida gaplashishi yoqishi haqida ham xabar berilgan edi.
Serxio Ramos "qaymoqranglilar" bilan besh marta Ispaniya chempioni bo'ldi, ikki marta mamlakat Kubogi va 4 marta Superkubogini yutdi, to'rt marta CHempionlar Ligasida g'olib bo'ldi, UEFA Superkubogining uch karra va klublar o'rtasidagi JCHning to'rt karra g'olibiga aylandi.
Manba: www.championat.asia



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.