-

MYU Varanni xarid qilishga yaqin. "Real" himoyachisining transferi esa ...

"Manchester Yunayted" "Real" himoyachisi Rafael Varanning transferi ustida ishlamoqda.

Angliya klubi bitimni rasmiylashtirishga yaqin. "Real" uning shartnomasi bir yildan so'ng yakunlanishini hisobga olib, futbolchini yaxshi narxga sotishga tayyor.

MYU shuningdek "Vilyarreal"dan Pau Torresning ham nomzodini ko'rib chiqqan edi, ammo Franciya terma jamoasining Evro-2020dan chiqib ketganidan so'ng, ular Varanning bitimi bilan faolroq shug'ullanishdi.

"Real" boshida himoyachi uchun 70 million evro talab qildi, ammo "Yunayted" uni hozir taxminan 50 millionga sotib olish mumkin deb hisoblamoqda.

Manba: www.championat.asia


6 1

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.