-

"Real" Dalot uchun "Milan" bilan raqobatga kirishadi

"Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalot klubdan ketishi mumkin.

22 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun u 2020/21 yilni ijarada o'tkazgan "Milan" klubi bosh davogar hisoblanadi. Futbolchi uchun shuningdek "Real" ham davogarlik qilmoqda.

O'yinchiga shaxsan madridliklar ustozi Karlo Anchelotti qiziqish bildirmoqda, u "Everton"da ishlab yurgan payti, Dalotni jamoaga olib kelmoqchi edi. MYU futbolchi bilan 15 mln evro evaziga xayrlashishga tayyor.

Dalot 2020/21 yilgi mavsum "Milan" tarkibida 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Manba: www.championat.asia


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.