-

Zidan o'ng qanot himoyasini "Nicca" futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

"Real Madrid" yozda "Nicca" klubining o'ng qanot himoyachisi Yusef Atalni sotib olishga urinib ko'radi.

"Le10Sport" - nashri xabariga ko'ra, futbolchiga shaxsan "Qirollik klubi" ustozi Zinedin Zidanning o'zi qiziqib qolgan va 24 yoshli himoyachining kelajagi porloq ekanligiga ishonadi.

Boshqa tomondan olib qaraydigan bo'lsak, Yusef kelgusi mavsumda "Real Madrid"ning o'ng qanot himoyasini kuchaytirish uchun yaxshi tanlov va Dani Karvaxalga ham munosib o'rinbosar bo'lishi mumkin.

Atal ikkala qanotda ham o'ynay oladi, u odatda hujumlarga qo'shilishni yaxshi ko'radi va oldingi chiziqda hujumchilarga yordam bera olishi bilan maydonda ajralib turadi.

24 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda Fransiya chempionatining 13ta o'yinida maydonga tushib, 1 ta gol urgan va shuncha golli uzatma ham amalga oshirgandi.

Manba: www.tribuna.com


1 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.