-

"Benfika" o‘z futbolchisi uchun "Real" dan 150 million yevro talab qildi

"Real Madrid" "Benfika"ning iqtidorli hujumchisi Darvin Nunyezni ijaraga olish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

"Defensa Central" — nashrining xabar berishicha, Portugaliya klubi "Qaymoqranglilar"dan 22 yoshli futbolchi uchun 150 million yevrotalab qilgan.

Madrid klubi bu summani to‘lamaydi, shuning uchun klub rahbariyati futbolchini ijaraga olish haqida o‘ylamoqda.

Nunyezning "Burgutlar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt nashri yosh hujumchini 20 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Darvinni "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Liverpul" kabi klublari ham kuzatib borishmoqda.

Manba: www.tribuna.com


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.