-

"Real" futbolchisi qishda jamoani tark etmoqchi. Unga La Liga klublaridan taklif bor

Madridning "Real" klubi futbolchisi Lukas Vaskes qishda jamoadan ketishi mumkin. Bu haqda todofichajes.com nashri xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, Vaskesga La Liganing boshqa jamoasi "Sevilya" qiziqish bildirmoqda. Yarimhimoyachining o‘zi ham madridliklar safidan ketishga qarshi emas. Sababi, u o‘zining "Real Madrid"dagi holatidan norozi. Ma’lum bo‘lishicha, Lukasni andusiyaliklar ustozi Xulen Lopetegi jamoada ko‘rishni xohlagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda Vaskes "Real Madrid" bilan shartnomasini 2024 yilgacha uzaytirgandi.

Manba: www.tribuna.com


0 1

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.