-

“Real”da katta "tozalash" ishlari boshlanadi, Madridni 17 futbolchi tark etadimi?

“Qirollik klubi” kelayotgan transfer oynasida jamoani keskin o'zgaritishni rejalashtirmoqda.
Marca'ning xabariga ko'ra, klub 17 futbolchi bilan xayrlashmoqchi.

Madridliklar Garet Beyl, Xames Rodriges, Luka Yovich, Luka Modrich, Lukas Vaskes, Dani Seballos, Xose Vallexo, Nacho Fernandes, Mariano Diaz, Borxa Mayoral, Oskar Rodriges, Alberto Soro va Xorxe de Frutosni sotmoqchi.

Serxio Regilon, Martin Edegor va Takefusu Kubo esa ijara asosida boshqa jamoaga yo'l oladi. Alvaro Odriosola ham jamoasini vaqtincha o'zgartirishi mumkin, shu bilan birga uning transferga qo'yish varianti ham inkor etilmayapti.

Manba: CA


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.