“Get Italian Football News” nashri xabariga ko‘ra, “Milan” yozda “Real” bilan Marko Asensio borasida muzokaralar olib borgan. [/b]
Manbaga ko‘ra, Madrid klubi Kilian Mbappe bo‘yicha PSJ bilan kelishib olsa, ispaniyalikni qo‘yib yuborishga tayyor edi.
Parijliklar o‘z hujumchisini qo‘yib yubormoqchi bo‘lmagani uchun “qaymoqranglilar” Asensioni ham qo‘yib yuborishmadi. Oxir-oqibat, ikkala kelishuv ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe 2022 yilning yozida erkin agent maqomini oladi. Yanvar oyidan boshlab futbolchi yangi klubi bilan muzokaralar olib borish huquqiga ega.
Manba: www.tribuna.com



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.