-

Moskardelli: "SHomurodovda sifat bor, u buni o'tgan mavsumda "Jenoa"da ko'rsatgan"

"Kevo" va "Piza" jamoalari sobiq hujumchisi Davide Moskardelli Il Diabolico e Il Divino bilan podkastda "Roma"ning yosh hujum chizig'i haqida gapirdi.

Moskardelli: "SHomurodovda sifat bor, u buni o'tgan mavsumda "Jenoa"da ko'rsatgan"

U Temmi Abraxam va Nikolo Zanolo haqida iliq so'zlarni aytdi va o'zbekistonlik hujumchi Eldor SHomurodov haqida ham to'xtaldi.

"SHomurodov yaxshi boshlamadi, u katta maqsadlar bilan harakat qilishi kerak.

U o'zini to'liq ko'rsata olmayapti. Ammo, Rim - boshqalarga nisbatan oson bo'lmagan o'zgacha joy. Ammo, unda ko'rsatish uchun sifatlar bor, Eldor buni o'tgan mavsumda "Jenoa"da o'ynagan payti namoyish etdi.

Bazida kerak bo'ladigan barcha narsa - qiyin vaziyatdan chiqib ketish uchun katta o'yinlardagi harakat yoki katta gol", - deydi Moskardelli.

Eslatib o'tamiz, Eldor SHomurodov o'tgan yozda "Jenoa"da "Roma"ga 17,5 mln evro+bonuslar evaziga o'tgandi. Hujumchi joriy mavsum 26ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.

Manba: CA


1 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.