-

"Real" Karvaxalning o‘rniga Angliyaning yulduz futbolchilardan birini olib kelmoqchi

Madridning "Real" klubi rahbariyati yozgi transfer oynasida jamoaning o‘ng qanot himoya chizig‘ini kuchaytirishni o‘ylamoqda.

"Mundo Deportivo" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, "qaymoqranglilar" yozda Dani Karvaxalga raqobatchi sifatida "Liverpul"dan Trent Aleksandr-Arnold yoki "Chelsi"dan Ris Jeymsni sotib olishni qo‘zlamoqda. Hozircha hech qanday muzokaralar boshlanmagan.

30 yoshli Karvaxal bu mavsum "Real" safida jami 21 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol va 1 golli uzatmani amalga oshirgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyun oyigacha tuzilgan.

Manba: www.tribuna.com


3 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.