-

"Real" Azarni "CHelsi"ga ijaraga berish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda

Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mon xabar bermoqda.

Hozirda "qirollik klubi" va "CHelsi" belgiyalik futbolchining ijarasi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Manbaning so'zlariga ko'ra, agar ushbu kelishuv amalga oshsa, Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland transferi amalga oshishi ancha yaqinlashadi.

Azar joriy mavsumda La Ligada "Real" uchun 17 ta o'yinida maydonga tushib, atigi 1 ta golli uzatma bilan o'zini ko'rsata oldi.

Manba: www.marca.com


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.