-

"CHelsi", "Barselona" va "Real" "Sevilya" himoyachisi Kunde uchun kurash olib bormoqda

"Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

Jurnalist Florian Plettenbergning xabariga ko'ra, 23 yoshli franciyalik futbolchining vakillari "CHelsi", "Barselona" va "Real" bilan muzokaralar olib bormoqda.

"Bavariya" ayni damda o'yinchi uchun davogarlik qilmayapti.

Kunde 2021/22 yilgi mavsum "Sevilya" tarkibida 30ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi. Transfermarkt himoyachini 60 mln evroga baholamoqda.

Manba: www.marca.com


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.