-

“Real” forvardiga “Arsenal” va A Seriya klublari qiziqmoqda

“Real” hujumchisi Luka Yovich yozda boshqa jamoaga o'tishi mumkin. 24 yoshli serbiyalikka “Arsenal”, “Fiorentina” hamda “Atalanta” qiziqmoqda.

O'tgan transfer oynasida forvard jamoani tark etishi kutilgandi, ammo tarkibdagi yo'qotishlar tufayli murabbiylar shtabi uni klubda olib qolishga qaror qildi.

Yovich joriy mavsum madridliklar libosida 17 o'yinda qatnashib, 1+2 natijaga erishdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2025 yil yozigacha mo'ljallangan. Lukaning transfer narxi esa 20 mln evroga baholanmoqda.

Manba: www.marca.com


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.