-

"Real Madrid" tarkibiga Kanadalik futbolchini qoʻshib olmoqchi

"Lill" hujumchisi Jonatan Devid faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.

Kanada terma jamoasining 22 yoshli futbolchisiga asosiy davogar sifatida "Arsenal" etirof etilayotgandi. Fichajes nashrining malumotlariga ko'ra, London klubi Ispaniya futbol gigantlari “Barselona” va “Real Madrid” klublari bilan raqobatlashadi.

Jonatan Devid joriy mavsum “Lill” safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi. Kanada terma jamoasi tarkibida hujumchi 27 uchrashuvda 20 ta gol urgan. Devid o'z klubiga transfer oynasi ochilgach, boshqa jamoaga o'tish istagi borligi haqida allaqachon malum qilgan.

Manba: www.tribuna.com


2 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.