-

Ana xolos. "Real"da yana bitta Vinisius paydo boʻlishi mumkin

Doneskning "Shaxtyor" klubi himoyachisi Vinisius Tobiasga "Real" va "Atletiko" klublari qiziqish bildirishmoqda.

Madridning ikki klubi ham Tobiasni mavsum oxirigacha ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Braziliyalik futbolchi "Shaxtyor" safiga shu yilning yanvar oyida kelib qo‘shilgan va jamoa tarkibida bitta ham rasmiy uchrashuv o‘tkazmadi.

Qayd etilishicha, "Real" futbolchini ikki mavsumdan beri kuzatib keladi. Tobiasga shuningdek interes "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" jamoalari ham qiziqib ko‘rishgan.

Avvalroq FIFA Ukraina klublarining legionerlar bilan amaldagi shartnomasi avtomatik ravishda to‘xtatili haqida qaror qabul qilgandi.

Manba: www.tribuna.com


7 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.