-

Fabio Kapello: "Marselo yana 2-3 yil "Real" safida o'ynay oladi"

2007 yilda "Real Madrid" bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan Fabio Kapello "Marca" nashriga bergan intervyusida sobiq shogirdi Marselo haqida fikr bildirib o'tdi. 

"Marselo klubga kelganida juda ham yosh edi va u klub uchun juda ko'p ajoyib o'yinlarni o'tkazdi. U katta tajribaga ega futbolchi va u "Real Madrid" uchun yana 2-3 yil o'ynashi mumkin. Marselo o'zi harakat qilayotgan pozitsiyasida men ko'rgan eng yaxshi futbolchi", - deya Kapelloning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda tribuna.com sayti.

Shubhasiz, Marselo "Qirollik klubi"ga kelgandan beri, jamoa uchun ajoyib o'yinlar ko'rsatgan va "Real Madrid" bilan umumiy hisobda 22ta sovrinni qo'lga kiritgan, bu Madrid klubi tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natija.

Marseloni jamoadan ketishi haqidagi mish-mishlarga qaramay, braziliyalik himoyachi bir necha oy oldin hech qayerga ketishni istamasligini aytdi. "Real Madrid" tarkibida Ferland Mendi paydo bo'lganidan so'ng, 32 yoshli futbolchiga avvalgidek imkoniyatlar taqdim etilmayapti, biroq u Zinedin Zidan kelgusi yillarda foydalanishni istagan juda katta tajribaga ega futbolchi.

Manba: www.tribuna.com


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.