-

Jorje Mendesh "Real" bilan Asensioning yangi shartnomasi bo'yicha muzokaralar olib boradi

"Real" forvardi Marko Asensio klub bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 26 yoshli ispanning yangi agenti bo'lmish Jorje Mendesh o'z mijozi borasida yaqin kunlarda muzokara olib boradi.

Asensio Madrid klubida qolmoqchi, ammo bu moliyaviy taklifga bog'liq bo'ladi.

Asensio joriy mavsum barcha musobaqalarda 38ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Manba: CA


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.