"Qaymoqranglilar" yozgi transfer oynasida futbolchilar sotuvidan taxminan 100 million yevro ishlab olmoqchi. Regilon ham jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatida.
"Real Madrid" ispaniyalik himoyachini yaxshigina narxga sotishiga ishonmoqda. Regilon ijara asosida harakat qilgan "Sevilya"da yaxshi mavsum o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun, 2019/20 yilgi mavsumda himoyachi 34ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va 4ta golga assistentlik qilgan. Avvalroq, himoyachiga PSJ qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Manba: www.std.uz



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.