-

VAR haqiqatdan ham "Real" foydasiga ishladimi?

Ispaniyaning "Xetafe" klubi prezidenti Anxel Torres Sanches "Barselona" prezidenti Jozep Bartomeuning so‘zlarini qo‘llab-quvvatladi.

Avvalroq kataloniyaliklar prezidenti, VAR tizimi "Qirollik klubi" foydasiga qaror chiqarayotganidan norozi ekanligini bildirgandi.

"Bartomeu VAR tizimi haqida gapirganida qisman haq edi. Shunday vaziyatlar bo‘ldiki, VAR tizimi "Real" foydasiga qaror chiqardi. "Real Madrid"ga qarshi o‘ynaganimizda hakam bizning foydamizga uchta penalti belgilashi kerak edi, biroq, hakam bu qoidabuzarlikdan emas, balki biz o‘yin qoidasini buzganimizdan keyin hushtak chaldi", - Sanchesning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Mundo Deportivo.

Eslatib o‘tamiz, "Real Madrid" joriy mavsum Ispaniya chempioniga aylandi.

Manba: www.std.uz


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.