-

Diskvalifikasiyaga uchragan Ramos "Real" bilan Manchesterga boradi

"Real Madrid" sardori Serxio Ramos diskvalifikasiyaga uchraganiga qaramay, Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi safardagi o‘yinga jamoa bilan birga yo‘l oladi.

Futbolchi jamoadoshlarini ruhlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida shunday qilmoqchi. U jamoa yetakchisi sifatida bu vazifani bajarmoqchi. Ispaniyalik futbolchining fikricha, "Real" Madriddagi o‘yinda "Siti"ga nohaq yutqazgan. Shu bois, "Qirollik klubi" o‘yin taqdirini hal qilishiga ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ramos dastlabki uchrashuvning 87-daqiqasida maydondan chetlatilgani bois javob bahsida ishtirok eta olmaydi.

"Siti" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 7 avgust kuni "Etixad" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba:
www.std.uz




0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.