-

“Real” sobiq prezidenti: “Beyldek futbolchini zaxirada ko'rish achinarli”

Madridliklar sobiq rahbari Ramon Kalderon Garet Beyl haqida fikr bildirdi.

"O'ylashimcha, “Real” Beylni ijaraga berib, unga oylik maoshining bir qismini to'lab borsa yomon bo'lmasdi. SHu darajadagi futbolchini zaxirada ko'rish achinarli. Menimcha, u o'zining yaxshi jihatlarini hali yo'qotmagan va hozir ham yuqori darajadagi futbolni namoyish eta oladi”, - deya qayd etgan Kalderon.

Eslatib o'tamiz, 69 yoshli Ramon 2006-2009 yillar madridliklar prezidenti sifatida faoliyat olib borgan edi.

Manba: www.championat.asia


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.