AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi “Qirollik klubi” bilan shartnomani uzaytirish uchun maoshining kamayishiga ham tayyor. Ammo, “Real” Modrichga o‘rinbosar sifatida qaralayotgan Martin Edegorni muddatidan avval ijaradan qaytarib oldi.
Xorvatiya terma jamoasi a’zosi o‘tgan mavsum madridliklar safida 40 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Ispaniya chempioni bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Manba: www.sport.es



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.