-

"Real" Ramosga o‘rinbosar topdimi?

 Yaqindagina Ashraf Hakimiy transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan "Inter" va "Real Madrid" yana bir futbolchining transferi bo‘yicha hamkorlik boshlashga yaqin turibdi. Bu gal muzokalar markazi — Milan Shkrinyar.

Slovakiyalik himoyachi Madridda Serxio Ramosning merosxo‘ri sifatida ko‘rilmoqda va ispaniyalik himoyachining o‘zi bunga rozilik bergan. O‘tkan yili yozda, Eder Militao uchun kurashga kirishdan avval ham "Real" Shkrinyar bilan qiziqib ko‘rgan edi, lekin unda milanliklar Milan uchun yuz million yevro atrofida pul so‘rashgan edi.

Hozir esa vaziyat o‘zgargan. So‘nggi vaqtlarda Antonio Konte Milan Shkrinyarni zaxira o‘rindig‘ida qoldirib, Diyego Godinni asosiy tarkibda tushirishni ma’qul ko‘rmoqda. Natijada himoyachining transfer narxi tushib ketdi va hozirda 50-60 million yevroga baxolanmoqda.

Transfer uchun hal qiluvchi faktor — himoyachining xohishi. Agar Yevropa Ligasi yarim finalida ham zaxirada qolsa, Shkrinyar o‘z kelajagini Milan shahridan bo‘lak joyda qurish haqida bosh qotirishni boshlashi ehtimol.

Manba: www.std.uz


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.