"The Telegraph" tarqatgan xabarga ko‘ra, kolumbiyalik futbolchi "Everton" bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Xames hali Angliyaga kelmadi, ammo u mersisaydliklar safiga o‘tishga rozi bo‘ldi.
Ushbu transferni amalga oshirishda asosiy rolni Karlo Anchelotti bajarmoqda. Italiyalik mutaxassis "Real Madrid" va "Bavariya"da Rodriges bilan birga ishlagan.
Shuningdek, "Everton" transfer borasida "Real Madrid" bilan ham kelishuvga erishdi. Madridliklar 29 yoshli futbolchi uchun 25 million yevro so‘rashgan edi. Yakunda ular qanday summaga to‘xtalishgani aniq emas.
Yaqin kunlarda transfer rasmiylashtirilishi kutilmoqda.
Manba: www.std.uz



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.