-

Zidan "Real"da Visente del Boske va Joze Mourinyoning rekordini yangiladi

 Zinedin Zidan Florentino Peres prezidentligi davrida "Real Madrid"da eng uzoq muddat bosh murabbiylik qilgan mutaxassis bo‘lib turibdi.

Zidan umumiy miqdorda 37 oy "Real Madrid" boshqaruvida bo‘ldi. Fransiyalik mutaxassis bu borada Visente del Boske va Joze Mourinyoning rekordini yangiladi. Bu ikki mutaxassis Peres davrida 36 oy ishlagandi.

Garchi Zidan "Real Madrid" boshqaruvida del Boskedan ko‘proq ishlagan bo‘lsa-da, ispaniyalik mutaxassis 233 ta o‘yin o‘tkazgan, bu ko‘rsatkich Zizuda 211 taga teng.

Boshqa tomondan 48 yoshli mutaxassis bu o‘yinlarda 141 marta g‘alaba qozongan. Bu del Boske (127) va Mourinyoning (128) ko‘rsatkichidan yaxshiroq natija hisoblanadi.

Manba: www.std.uz


1 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.