-

Karpin: “Asensio? Maoshini to'lashga pulimiz etmaydi”

“Rostov” ustozi Valeriy Karpin o'zi bilan birga ishlagan eng yorqin futbolchilar haqida gapirdi.

Karpin: “Asensio? Maoshini to'lashga pulimiz etmaydi”

- Siz shug'ullantirgan futbolchilarning ichida qay biri eng yaxshi va fikringizcha muvaffaqiyatga erishgan?
- Xo'sh, “Spartak”da Aleks, Velliton. Hozir “Rostov”da Eremenko, Mamaev, SHomurodov, Normann — ular ko'pchilik.

- Marko Asensiochi?
- Ha, “Malorka”da shunday yosh o'yinchi bor edi. U eng iqtidorli edi.

- U bilan gaplashib turasizmi?
- Instagram orqali.

- Valeriy Georgievich, muhim savolga javob berolasizmi? Asensio o'ynash uchun bizga keladimi?
- Transferni qo'yib turaylik, uning maoshini to'lashga ham pulimiz etmaydi, - deya aytgan Karpin.

Eslatib o'tamiz, 51 yoshli mutaxassis 2014/15 yilgi mavsum “Malorka”ni boshqargan edi.

Manba: CA


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.