-

Kutilmagan xabar. “Real” “Liverpul” hujumchisini kutyapti

“Liverpul”ning Angliya chempioni bo‘lishiga munosib hisoblangan Roberto Firmino faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, so‘nggi bir necha oy ichida “Real” mutasaddilari braziliyalik hujumchini Madridga ko‘chib o‘tishi bo‘yicha fikrini o‘rgangan.

Firminoning o‘zi “Liverpul”dan ketishga tayyorligini bildirgan. Agar u madridliklarning taklifini qabul qilsa, transfer bo‘yicha muzokaralarga rasmiy tus beriladi. Firmino hozirgi jamoasi bilan 2023 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega.

Yurgen Klopp jamoada qoladigan bo‘lsa, hujum chizig‘ini qayta tashkil qilmoqchi. Germaniyalik mutaxassis birinchi navbatda, o‘z jamoasida Kilian Mbappeni ko‘rmoqchi. Keyin shunga qarab hujum uchligini tashkil qilishni rejalashtirmoqda.

Manba: www.sport.es


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.