-

Karim Benzema va Vinisius Junior o'zaro kelishib olishdi

"Real Madrid" hujumchisi Karim Benzema va yarim himoyachi Vinisius Junior yuzaga kelgan mojaroni gaplashib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, Benzema Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Menxengladbaxning "Borussiya"ga qarshi o‘yin tanaffusida vatandoshi Ferlan Mendidan braziliyalik forvard Vinisiusga pas bermaslikni so‘radi. "Ukajonim, iltimos qilaman, unga pas berma. U bizga qarshi o‘ynamoqda", - dedi Karim Ferlanga fransuz tilida.

"As" tarqatgan xabarga ko‘ra, "Qirollik klubi" futbolchilari kecha o‘zaro gaplashib, muammoni hal qilishgan.

Manba: www.std.uz


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.