"Bu mening "Inter"im, uni yaxshi va yomon jihatlarini juda ham yaxshi bilaman. O'ylaymanki, jamoam o'sishi uchun bunday vaziyatlar yaxshi natija beradi. 0:2 hisobida ortda borayotganimizda raqib bizga ikkita gol sovg'a qildi va shundan so'ng biz yana o'yinga qaytdik.
O'yinda qayd etilgan natija futbolchilarning nimalarga loyiq ekanligini anglatmaydi. O'ylaymanki, golgacha bo'lgan vaziyatda Mendi Xakimiga nisbatan fol ishlatdi. Biz standartlarga ko'proq e'tibor qaratishimiz kerak edi.
"Real"dagilar bizga qarshi o'yinda xuddi finallardagi kabi o'ynayotganday ta'surot qoldirdi, shuning uchun ular o'yinga barcha kuchlarini tikdi va o'yin natijasi juda muhim ekanligini tushunishdi. Aytishim mumkinki, men jamoamning ko'rsatgan o'yinidan qoniqdim, lekin bunday o'yinlar taqdirini mayda detallar hal qiladi", – dedi Konte.
Manba: www.std.uz



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.