-

Beylning agenti: "Noshukur Zidan Garetni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi emas"

"Real" hujumchisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett BBC’ga bergan intervyusida madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidanni tanqid qilib chiqdi.

"Zidan Beylni o‘z jamoasida mashg‘ulot o‘tashini istamayapti, u Garetni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi emas. Mijozimning Madrid klubi bilan amalda yana ikki yillik shartnomasi mavjud. U Madridda baxtli va hech qayerga ketmaydi. Garet jamoadagi barcha futbolchilar bilan yaxshi munosabatda. Biroq maydonda kim o‘ynashi qarorini Zidan qabul qiladi. Garet tomonidan hech qanday yomon ish qilingani yo‘q, u mashg‘ulotlarda bor imkoniyatini sarflab, ishiga vijdonan yondashayapti. Biroq muvaffaqiyatga erishgan Zidan endi Garetning xizmatidan foydalanmoqchi emas. 

Zidan – yaxshilikni bilmaydigan noshukur. Beylning yo‘qligi jamoa uchun jiddiy yo‘qotish bo‘lishini anglamayapti. Biroq u hech qayerga ketmaydi. Albatta, boshqa klublardan takliflarimiz bor, ammo Garet jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri, eng yaxshilar esa ijaraga berilmaydi. Beylni transfer qilishga esa hamma klublarning ham qurbi yetmaydi", - deya uelslik hujumchi va Zidanning munosabati haqida BBCga intervyu berdi futbolchining agenti.

Ma’lumot uchun, o‘tkazilgan so‘rovnomada «Real» muxlislari Beylni jamoaning mavsumdagi eng yomon futbolchisi deb topishgandi. 31 yoshli uelslik forvard joriy mavsumda 20 o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U madridliklarning so‘nggi 7 o‘yinini o‘tkazib yubordi.

Manba: www.tribuna.com


1 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.